Выберите язык

   Navoiy shahrida yashovchi fuqaro R. Sh. tomonidan Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat yo‘llanib, 5 200 000 so‘m evaziga xarid qilingan skuter nosoz holatda chiqqani yuzasidan amaliy yordam so‘raldi.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro xarid qilingan skuterda turli texnik nosozliklar mavjudligini aniqlagan hamda ushbu holat bo‘yicha sotuvchiga bir necha bor murojaat qilgan. Biroq sotuvchi mahsulotni qaytarib olish yoki to‘langan mablag‘ni qaytarishni istamaganligi sababli iste’molchi ancha ovora bo‘lgan.
   Mazkur murojaat Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, amaldagi qonunchilik asosida tegishli tartibda ish olib borildi. Olib borilgan tushuntirish va muzokaralar natijasida fuqaroning talabi qanoatlantirilib, nosoz skuter uchun to‘langan 5 200 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening