Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mas’ullari tomonidan hududlarda iste'molchilarga sifatli mahsulotlar yetib borishini ta'minlash maqsadida o'rganish ishlari olib borilmoqda. 

Xususan, Toshkent viloyati Olmaliq shahrida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat savdo do‘konlarida monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida savdo obyektlarida realizatsiya qilinayotgan mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari, narxlarning belgilangan tartibda ochiq va to‘liq ko‘rsatilgani, shuningdek, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, sotuvchilarning xaridorlar bilan muomala madaniyati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ham alohida e’tiborda bo‘lib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlarga joyida tushuntirish ishlari olib borilmoqda hamda iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur nazorat tadbirlari bayram arafasida aholiga xavfsiz, sifatli va ishonchli mahsulotlar yetkazib berilishini ta’minlash, savdo va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Hurmatli iste’molchilar!

Bugungi kunda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Natijada ko‘plab iste’molchilarning huquqlari tiklanib, murojaatlar ijobiy hal etilmoqda.

Agar siz ham xarid qilgan mahsulot sifati, xizmat ko‘rsatish darajasi yoki iste’molchilik huquqlaringiz buzilishi kabi holatlarga duch kelsangiz, Federatsiyaning 1091 qisqa ishonch raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening