Выберите язык

 

Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Aeroport mahallasida yashovchi fuqaro T.M. tomonidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda fuqaro “Bayram” nomli tort va gullar savdo do‘konidan uch yuz ming so‘mga tort xarid qilgani, biroq mahsulot tarkibida sun’iy rang ko‘p qo‘shilganligi sababli uni do‘konga qaytarib berganligi, ammo to‘langan mablag‘ qaytarilmagani yuzasidan amaliy yordam so‘ragan. Mazkur murojaat Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida sotuvchi tomonga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada fuqaro T.M. tomonidan tort mahsuloti uchun to‘langan uch yuz ming so‘m pul mablag‘i qaytarib berilishi ta’minlandi.

Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening