Выберите язык

⚡️Yakkabogʻda nosoz telefon muammosi ijobiy hal etildi

Insoniyat ilk bor simsiz to‘lqinli aloqa qurilmasini yaratgan paytda, kelajakda telefonlar hayotning eng zarur vositasiga aylanishini tasavvur qilmagan bo‘lsa ajab emas. Bugun esa mobil telefonlar kundalik ehtiyojning ajralmas qismi bo‘lib, ularning imkoniyatlari kengaygan sari, afsuski, nosozliklar uchrashi ham tabiiy holatga aylanmoqda.

Murojaatdan aks etishicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro I.X tumandagi savdo doʻkonlarning biridan 2 500 000 soʻmga qoʻl telefonini naqd pul evaziga sotib olgan. Ammo isteʼmolchi uyiga kelib telefonni sim karta quyib ishlatib koʻrmoqchi boʻlganida nosozligi aniqlangan. 

Ushbu holatdan norozi boʻlib fuqaro Yakkabogʻ tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Tuman jamiyati xodimlari mazkur murojaatni oʻrganib chiqish natijasida telefon yaroqsiz ekanligi aniqlandi va 2 500 000 soʻmlik nosoz telefon yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Mazkur holat iste’molchi huquqlari har doim e’tibor markazida ekanining yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Jamiyatimiz esa fuqarolarning bunday muammolarini hal etishda doimo ko‘mak berishga tayyor.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening