Выберите язык

Sud qarori bilan iste’molchi huquqlari tiklandi

Namangan viloyati Chust tumanlararo fuqarolik sudi tomonidan iste’molchi huquqlarini himoya qilishga oid navbatdagi ish ko‘rib chiqildi.

Mazkur ishda fuqaro  manfaatlarini ko‘zlab, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “ORIF NURLI KELAJAK” MCHJga nisbatan da’vo arizasi kiritilgan. Murojaatda chiqindilarni olib chiqish xizmati amalda ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, iste’molchiga qarzdorlik hisoblab borilgani yuzasidan norozilik bildirilgan.

Sud jarayonida aniqlanishicha, fuqaro yashayotgan hududda maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati belgilangan davrda to‘liq ko‘rsatilmagan. Shunga qaramay, xizmat ko‘rsatilgandek qarzdorlik yozilgani iste’molchi huquqlarining buzilishiga olib kelgan.

 Natijada, iste’molchiga nisbatan hisoblangan qarzdorlik qayta ko‘rib chiqilishi, noto‘g‘ri kiritilgan summa hisobdan chiqarilishi hamda iste’molchining buzilgan huquqlari tiklanishi belgilandi.


Mazkur qaror iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qonun ustuvorligi ta’minlanayotganining yana bir amaliy isbotidir. Fuqarolar o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, tegishli tashkilotlarga murojaat qilish orqali adolatga erishishlari mumkin.

📞 Eslatib o‘tamiz, iste’molchilar o‘z murojaatlarini 1091 ishonch telefoni orqali ham yo‘llashlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening