Выберите язык

    Bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy turar joylar va ko‘p qavatli uy-joylar bunyod etilmoqda. Biroq ayrim holatlarda qurilish sifati, shartnoma shartlariga rioya etilishi hamda obyektning belgilangan muddatda topshirilishi bilan bog‘liq muammolar iste’molchilarni o‘z haq-huquqlarini himoya qilish uchun murojaat etishga majbur qilmoqda.
   Shunday murojaatlardan biri Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yo‘llandi.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro 2024-yil yanvar oyida qurilish firmalaridan biri bilan shartnoma tuzib, 82 kvadrat metr maydonga ega ikki xonali xonadonni 295 000 000 so‘mga xarid qilishga kelishgan hamda shu kungacha 136 000 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Biroq qurilish ishlari sifatsiz bajarilgani, shuningdek, uy va’da qilingan muddatlarda topshirilmagani sababli iste’molchi shartnomani bekor qilish va to‘lagan mablag‘ini qaytarishni so‘rab jamiyatga murojaat qilgan.
   Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida unda keltirilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi. Nizoni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal etishning imkoni bo‘lmagach, Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati iste’molchining qonuniy manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritdi.
Sud tomonidan ish har tomonlama ko‘rib chiqilib, da’vo talablari qanoatlantirildi. Sud qaroriga asosan qurilish firmasi zimmasiga iste’molchiga uy uchun to‘langan 136 000 000 so‘m pul mablag‘ini qaytarish majburiyati yuklatildi. Natijada mazkur mablag‘ iste’molchiga to‘liq undirib berildi.
   Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini sud orqali himoya qilish amaliyotining yana bir yorqin namunasi bo‘lib, fuqarolarning buzilgan huquqlari qonuniy tartibda tiklanayotganini ko‘rsatadi. Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bundan buyon ham iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning murojaatlari yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening