Выберите язык

  O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasining 2026-yil 18-iyundagi 03-01/37-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Karmana tumani hududida faoliyat yuritayotgan mehmonxonalarda jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

  O‘rganishlar davomida mehmonxonalarda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablari hamda amaldagi qonunchilikka rioya etilishi atroflicha tahlil qilinmoqda.

   Afsuski, ayrim mehmonxonalarda jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Xususan, sanitariya-gigiyena holatining talab darajasida emasligi, tozalik qoidalariga to‘liq amal qilinmayotgani kuzatildi. Eng tashvishli holatlardan biri esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun saqlanayotgan dori vositalarining yaroqlilik muddati allaqachon o‘tib ketganiga qaramay, ular almashtirilmaganidir.

Bunday holatlar nafaqat xizmat sifati pasayishiga, balki mehmonlarning sog‘lig‘i va xavfsizligiga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi har bir tadbirkor sanitariya talablari hamda iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan majburiyatlarga qat’iy amal qilishi lozim.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mehmonxona rahbarlariga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.

Iste’molchi uchun qulay va xavfsiz xizmatni ta’minlash har bir xizmat ko‘rsatuvchi subyektning nafaqat qonuniy, balki ma’naviy mas’uliyatidir. Nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening