Выберите язык

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tadbirkorlarning murojaatlari, mavjud muammolari hamda takliflarini tizimli ravishda o‘rganish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi vakillari, shuningdek, viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va mas’ullari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan dolzarb masalalar, jumladan, davlat xaridlari va birja savdolarida raqobat muhitini ta’minlash, raqobatni cheklovchi holatlarning oldini olish, reklama faoliyatini tartibga solish hamda nohalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan sohaga oid qator fikr-mulohazalar, amaliy takliflar va muammoli masalalar bildirildi. Xususan, “HUMO FAST CHLEANER” MCHJ, “MEGA AMAL SERVIS” MCHJ, “TERMIZ TRANS SERVIS” MCHJ rahbarlari va vakillari tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda qabul qilinib, o‘rganish hamda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

Tadbir davomida mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan tadbirkorlarga amaldagi qonunchilik talablari, raqobat muhitini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish, ularning takliflarini umumlashtirish, biznes muhitini yanada yaxshilash hamda davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlari bilan tizimli muloqotlarni davom ettirish, ularning qonuniy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud masalalarni vakolat doirasida hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening