⚡️Yakkabogʻ tumanida aliment boʻyicha 12 000 000 ga yaqin asossiz qarzdorlik isteʼmolchi foydasiga hal etildi
Bugungi kunda ayrim hududlarda aholining gaz, elektr taʼminoti,chiqindi, suv taʼminoti va aliment bo‘yicha noreal qarzdorlik holatlariga duch kelinmoqda. Aliment boʻyicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan aholi nomiga hisoblangan qarzdorlik baʼzan haqiqatdan yiroq, sunʼiy raqamlarga asoslangan bo‘lib chiqmoqda.
Murojaatda koʻrsatillicha, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro U.E 2020 - yildan beri aliment toʻlovlarini toʻlab kelgan. 2025 - 2026 - yillarda majburiy ijro byurosi tomonidan 11 435 000 soʻm aliment toʻlovi notoʻgʻri hisoblangan.
Fuqaro qarzdorlik asossiz ekanligini bildirish maqsadida majburiy ijro byurosi idorasiga borib qarzdorlik asoslab beringlar deganida ijro xodimlari fuqaroni tinglashni ham istamagan.
Shundan keyin, isteʼmolchi Yakkabogʻ tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislariga murojaatni atroflicha oʻrganib majburiy ijro byurosi xodimlari bilan yuzma-yuz boʻlib suhbatlashib olinda va isteʼmolchiga asossiz deb belgilangan 11 435 000 soʻm qarzdorlik bekor qilindi.
✅ Viloyatimizdagi bu tajriba shuni ko‘rsatadiki, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik nazorati, ochiqlik va hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Adolat qaror topgan bu holat boshqa hududlarga ham ibrat bo‘lishi kutilmoqda.
























