Выберите язык

Hurmatli yurtdoshlar, aziz iste'molchilar!

Sizlarni muborak Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi jamoasi chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!

Asrlar davomida xalqimiz ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelayotgan ushbu ulug‘ ayyom mehr-muruvvat, bag‘rikenglik, inson qadrini ulug‘lash, ehtiyojmandlarga ko‘mak berish kabi ezgu fazilatlarni qalblarimizga yanada chuqur singdiradi. Qurbon hayiti nafaqat ibodat va shukronalik bayrami, balki el-yurt tinchligi, ahillik va hamjihatlikni mustahkamlovchi muqaddas qadriyatlar timsolidir.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida inson manfaatlarini ta’minlash, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq farovonligini yuksaltirishdek ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilish barchamiz uchun yuksak mas’uliyat va sharaf. Shu bois, ushbu muborak ayyom jamiyatimizda o‘zaro hurmat, ishonch va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilsin.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxonlaringizga to‘kinlik va baraka tilaymiz. Barcha ezgu niyat va orzu-maqsadlaringiz ijobatini bersin. Yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lsin!

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening