Выберите язык

⚡️Qamashi tumanida elektr energiyasi boʻyicha 5 000 000 soʻmlik noreal qarzdorlik isteʼmolchi foydasiga hal etildi 

Elektr energiya bilan aholini sifatli ta’minlash, elektr uzatish liniyalari samaradorligi, elektr simlar, elektr energiyasi taʼminotidan noreal qarzdorlik hamda simyog’ochlar sozligi holati hamisha dolzarb mavzu sanaladi. Tuman va shahar markazlaridan chekka hududlarda yuqoridagi mavzu yuzasidan ayrim hollarda murojaatlar qayd etilmoqda.

Shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro E.M Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi telegram botiga murojaat qilgan. 

Isteʼmolchini soʻzlab berishicha, uyidagi elektr energiya bir kunda 5 000 000 soʻmga qarzga hisoblab ishlayotgani aniqlandi. 

Bu holatdan koʻngli toʻlmagan isteʼmolchi Qamashi tumani elektr energiyasi taʼminoti boʻlimiga borib murojaat qilganida, elektr taʼminoti xodimlari tinglashni ham istamagan. 

Shundan soʻng, fuqaro Qamashi tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Mazkur murojaatni tuman jamiyati xodimlari oʻrganib chiqildi soʻng esa fuqaroga yuklatilgan 5 000 000 soʻmlik asossiz qarzdorlik bekor qilindi.

✅ Asosiy maqsad — har bir fuqaroning iste’molchi sifatidagi qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirishdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening