Выберите язык

Talaba — iste’molchi sifatida ham o‘z huquqlarini bilishi lozim!
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish hamda ta’lim xizmatlari sifatini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹 Shu maqsadda Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli buyruq asosida maxsus texnikumlar va oliy ta’lim muassasalarida monitoring, jamoatchilik kuzatuvi hamda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
⚖️ O‘rganishlar davomida ta’lim oluvchilarning qonuniy manfaatlari, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda iste’molchilar huquqlariga oid talablarning bajarilishiga e’tibor qaratilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, talaba ham iste’molchi hisoblanadi. Chunki u ta’lim xizmatlaridan foydalanish jarayonida o‘zining qonuniy huquq va manfaatlariga ega. Bu huquqlarni bilish, zarur hollarda ularni himoya qilish yo‘llaridan xabardor bo‘lish har bir yosh uchun muhimdir.
✅ O‘tkazilayotgan monitoring va jamoatchilik kuzatuvlarining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarida iste’molchilar huquqlariga rioya etilishini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat.
🤝 Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bu boradagi ishlarni davom ettirib, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va iste’molchilik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Zero, o‘z huquqini bilgan talaba — o‘z manfaatini himoya qila oladigan ongli iste’molchidir!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening