Выберите язык

Furqat tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tumandagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik mazmun-mohiyati hamda bu boradagi ijtimoiy sheriklik munosabatlariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ta'lim muassasasi pedagog xodimlari hamda tuman jamiyati mas'ul xodimlari ishtirok etdilar. Unda mamlakatimizda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati, iste'molchining asosiy huquqlari va ularni ta'minlash mexanizmlari xususida atroflicha tushunchalar berildi.

Ta'kidlanganidek, bugungi kunda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ayniqsa yosh avlodda iste'mol madaniyatini shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ta'lim muassasalarida bunday targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida qonunchilik ijrosini ta'minlashda ta'lim muassasalari hamda tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o‘rtasida ijtimoiy sheriklik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Xususan, ta'lim muassasalarida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, o‘quvchilar va pedagoglarga huquqiy maslahatlar berish, iste'molchilar murojaatlari bilan ishlashda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Federatsiya tizimida iste'molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni o‘rganish hamda aholining huquqiy bilimini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening