Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi tavsiyasiga asosan, Saparboyev Atabek Xudaybergenovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A.Saparboyev 1975-yilda Beruniy tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan. Jumladan, Nukus shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i sifatida ishlagan. Shuningdek, 2018-2024-yillarda Beruniy tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2020-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Atabek Xudaybergenovichni yangi masʼuliyatli lavozim bilan samimiy muborakbod etamiz va uning faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening