Выберите язык

Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o‘rinbosari X. Mardiyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida hududiy birlashma tarkibiy tuzilmasi, shuningdek, tuman va shahar jamiyatlari rahbarlari bilan uchrashib, hududlardagi rivojlanish holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida Davlatimiz Rahbarining 296-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 667-son qarorlari mazmun-mohiyati, federatsiya markaziy apparati buyruqlarining ijrosi, ijro intizomi, bajarilgan ishlar muhokama markazida boʻldi.

Shuningdek, istiqbolli loyihalar, ularni amalga oshirish mexanizmlari, jamoatchilik nazoratining qonunchilik targ‘ibotidagi o‘rni, har bir xodimning mas’uliyati hamda vazifasi xususida alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, hududda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, tumanlar kesimida aniq tahlillar asosida rejalar ishlab chiqish hamda kunlik so‘rovlar tashkil etish bo‘yicha sustkashlikka yoʻl qoʻygan mas’ullarga ogohlantirish berildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir, Xazorasp va Xiva tuman bo'limlariga xizmat mashinalari kaliti topshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening