Выберите язык

Yangi televizor xarid qilgan inson undan sifatli tasvir, qulay foydalanish va uzoq muddatli xizmat kutadi. Ammo xariddan so‘ng aniqlangan nuqson bu quvonchni tashvishga aylantirishi mumkin. G‘ijduvon buyum bozoridan televizor sotib olgan iste’molchi N.H ham shunday holatga duch keldi.

Fuqaro mazkur bozordan 2 million 200 ming so‘mga televizor xarid qilgan. Biroq undan foydalanish jarayonida qurilmaning dasturiy ta’minotida nuqson aniqlangan. Natijada iste’molchi xarid qilgan mahsulotidan kutilganidek foydalana olmagan. Yuzaga kelgan muammoni hal etishda amaliy yordam so‘rab, fuqaro G‘ijduvon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, televizor xaridi va unda aniqlangan nuqson bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqilgan. Iste’molchining manfaatlarini himoya qilish hamda masalaga yechim topish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilgan. Natijada televizor uchun to‘langan 2 million 200 ming so‘m mablag‘ iste’molchiga to‘liq qaytarib berilgan. Shu tariqa fuqaroning murojaati ijobiy hal etilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening