Выберите язык

Xaridor mahsulot uchun oldindan pul to‘lar ekan, avvalo, sotuvchining va’dasiga ishonadi. Buyurtmaning kelishilgan vaqtda yetkazilmasligi esa uning nafaqat rejasini buzadi, balki o‘z mablag‘ini qaytarish tashvishini ham keltirib chiqaradi. G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro G. D. ham ana shunday vaziyatga duch keldi.

Fuqaro “M A” MChJ bilan og‘zaki kelishuv asosida mahsulot buyurtma qilib, oldindan 3 million so‘m to‘lagan. Kelishuvga ko‘ra, buyurtma o‘z vaqtida yetkazib berilishi lozim edi. Biroq mahsulot belgilangan muddatda iste’molchiga yetkazilmagan. Buyurtmasini vaqtida ololmagan fuqaro masalaga yechim topish va to‘lagan mablag‘ini qaytarishda amaliy yordam so‘rab, G‘ijduvon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat xodimlari murojaatni o‘rganib, fuqaro va jamiyat o‘rtasidagi kelishuv hamda oldindan amalga oshirilgan to‘lov bilan bog‘liq holatlarni ko‘rib chiqqan. Murojaat doirasida iste’molchining manfaatlarini himoya qilish va masalani hal etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilgan. Natijada fuqaro G. D.ning mahsulot uchun avans sifatida to‘lagan 3 million so‘m mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta’minlandi. Shu tariqa iste’molchining murojaati ijobiy yechim topdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening