Выберите язык

Köp qavatli uylarda yaşovçilarni öylantiradigan savollar bor: boşqaruv servis kompaniyasi bilan şartnoma tuzilmagan bölsa, tölov qiliş şartmi? Xizmatlar bajarilmasa, fuqaro qanday huquqlarga ega? Öz hisobidan ta’mirlaş işlarini amalga oşirgan mulkdor sarflagan mablağini oylik tölovdan çegirişi mumkinmi?

Audioni 🟥Youtube kanalimizda tinglashingiz mumkin

Ana şu va boşqa muhim savollarga javoblar «Özbekiston» radiokanalining «Oqşom tölqinlarida» axborot-tahliliy dasturi orqali efirga uzatilgan «Uy boşqaruvi: tölov, xizmat va iste’molçi huquqi» mavzusidagi radiosuhbatda muhokama qilindi.

Suhbatda Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federasiyasi Farğona viloyati Toşloq tuman jamiyati mutaxassisi Husnida Yakubova quyidagi masalalarga oydinlik kiritdi:

- Boşqaruv taşkiloti bilan yozma şartnoma tuziş tartibi va tölov talab qilişning huquqiy asoslari;
- Xizmatlar sifatsiz yoki umuman bajarilmagan taqdirda fuqarolarning huquqlari;
- Umumiy mol-mulkni öz hisobidan ta’mirlagan mulkdor xarajatlarini hisobga oldiriş imkoniyatlari;
- Muammolar hal etilmaganda qayerga va qanday tartibda murojaat qiliş kerakligi.

Raqamlar ham mavzuning dolzarbligini körsatmoqda. 2026-yilning dastlabki 9 oyida Federasiyaning Farğona viloyati hududiy birlaşmasiga kelib tuşgan 1 634 ta murojaatning 319 tasi kommunal xöjalik, uy-joy mulkdorlari şirkatlari va boşqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan boğliq bölgan. Şuningdek, «Iste’molçi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalarida berilgan 515 ta bepul huquqiy maslahatning 97 tasi ham aynan şu yönalişga taalluqli.

Unutmang: fuqaro tölovning huquqiy asosini bilişga, sifatli xizmat va bajarilgan işlar yuzasidan hisobot talab qilişga haqli. Boşqaruv taşkiloti esa öz zimmasidagi vazifalarni bajarişi va faoliyati yuzasidan hisobdor bölişi şart.

Radiosuhbatni tinglang — huquqingizni biling, muammolarni qonun doirasida hal qiling!

(Illyustrativ foto)

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening