Выберите язык

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga kelib tushayotgan murojaatlar asosida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy va tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettirilmoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Xolida To‘raxonova tomonidan yo‘llandi. Murojaatda uning farzandini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlash masalalari ko‘tarilgan.

Murojaat Sho‘rchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari va fuqaroning ishtirokida atroflicha o‘rganildi.O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar to‘plandi, oilaga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam va dori-darmon ta’minoti holati tahlil qilindi.Natijada fuqaroning farzandi M.D 1-guruh nogironi ekani, Sho‘rchi tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan doimiy tibbiy kuzatuvga olingani aniqlandi.

Shuningdek, u belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turilayotgani va zarur dori-darmon vositalari bilan bepul ta’minlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Tibbiyot birlashmasining rasmiy ma’lumotida fuqaroning oila a’zolari ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli dori vositalari berilgani qayd etilgan.Fuqaro Xolida To‘raxonovaga kelgusida tibbiy xizmat o‘z vaqtida ko‘rsatilmasligi yoki bepul dori-darmon ta’minotida muammo yuzaga kelishi holatlarida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni hamda hududiy jamiyatlarga qayta murojaat qilish tartibi tushuntirildi.

Mazkur holat fuqarolarning murojaatlarini hal etishda jamoatchilik tashkilotlari va mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Iste’molchi huquqlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz, Federatsiyaning 1091 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening