Выберите язык

Tilla taqinchoq shartnomasi

Namangan shahrida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Namangan shahar ijro etuvchi apparatiga murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro Namangan shahrida joylashgan tilla buyumlar do‘konidan 2026-yil 22-maydagi 92-sonli shartnoma asosida bo‘lib to‘lash sharti bilan 32 million 280 ming so‘mlik “Butterfly” brendidagi ayollar tilla taqinchog‘ini xarid qilgani bildirilgan.

Biroq foydalanish jarayonida tilla buyumning rangi o‘zgarib ketgan. Iste’molchi mahsulotni do‘konga qaytarib, shartnomani bekor qilishni talab qilganida, uning murojaati dastlab qanoatlantirilmagan.

 Namangan shahar ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan holat o‘rganilib, savdo shoxobchasi mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi.

Natijada nuqsonli tilla buyum do‘kon tomonidan qaytarib olindi hamda iste’molchi bilan tuzilgan 32 million 280 ming so‘mlik bo‘lib to‘lash shartnomasi to‘liq bekor qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening