Выберите язык

Bugungi kunda uy-joy xarid qilish ko‘pchilik oilalar uchun eng muhim qarorlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olayotgan fuqarolar qurilish kompaniyasining shartnoma shartlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishiga ishonadi. Biroq ayrim hollarda quruvchi tashkilotlar o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmasligi oqibatida iste'molchilar uzoq vaqt sarson bo‘lib qolmoqda.

Shunday holatlardan biri Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M. I. bilan ham yuz berdi.

Hujjatlarga ko‘ra, fuqaro "NEW MODERN HOUSE I" MChJ bilan 2024-yil 26-avgust kuni ulushdorlik shartnomasini tuzgan.

Shartnomaga asosan, iste'molchi tomonidan oilasi bilan yashash maqsadida Toshkent shahri Yashnobod tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joydan umumiy maydoni 54 kv.m bo‘lgan ikki xonali xonadon xarid qilinib, uning qiymati uchun 378 million so‘m mablag‘ to‘liq to‘langan.

Shartnomaga muvofiq, quruvchi tashkilot obyektni 2025-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirishi lozim edi.

Shuningdek, xonadonda ichki pardevorlar, kirish eshigi, tashqi derazalar, gaz, suv va elektr hisoblagichlari hamda ikki konturli isitish qozoni o‘rnatilishi, obyekt foydalanishga topshirilgandan keyin mulk huquqini rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar ham tayyorlab berilishi shartnoma bilan belgilangan edi.

Biroq quruvchi mazkur majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagan. Obyektni foydalanishga topshirish muddati 154 kunga kechiktirilgan, shuningdek, mulk huquqini rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar ham taqdim etilmagan.

Fuqaro tomonidan quruvchi tashkilot rahbariga belgilangan tartibda yozma e’tiroznoma yuborilgan. Biroq qonunchilikda belgilangan muddat o‘tishiga va e’tiroznoma yuborilganidan keyin 80 kundan ortiq vaqt o‘tganiga qaramasdan, talablar bajarilmagan. Bu holat iste’molchini o‘z huquqini sud orqali himoya qilishga majbur qildi.

Mazkur nizoda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi fuqaro manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo kiritdi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi ish materiallarini har tomonlama o‘rganib, iste’molchining o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarganini, quruvchi esa shartnoma shartlarini buzganini aniqladi.

Sud qaroriga muvofiq:

- 189 million so‘m penya iste’molchi foydasiga undirildi;
- 41 200 so‘m pochta xarajati qoplandi;
- javobgar zimmasiga 7 million 560 ming so‘m davlat boji ham yuklatildi.

Bu qaror iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari sudda ham fuqarolar manfaatlarini samarali himoya qila olishini yana bir bor namoyon etdi.

Hurmatli iste’molchilar yangi uy-joy sotib olishda:

- shartnoma shartlarini diqqat bilan o‘qing;
- barcha to‘lov hujjatlarini saqlang;
- quruvchi belgilangan muddatlarga amal qilayotganini nazorat qiling;
- shartnoma talablari buzilsa, avval yozma talabnoma yuboring;
- muammo hal etilmasa, huquqiy yordam so‘rashdan tortinmang.

Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari ko‘magi bilan sud orqali ham buzilgan huquqlarni tiklash va yetkazilgan zararni qoplash mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening