Выберите язык

  Aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimining ustuvor vazifalaridan biridir.
  Xatirchi tumani Oltinsoy MFY, Chilon qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Xatirchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat bilan murojaat qildi. Murojaatda qishloq hududidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i o‘tkazilgani sababli suv nasoslari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, buning oqibatida qishloq aholisi bir necha kun davomida ichimlik suvisiz qolganini ma’lum qilgan.
  Murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda joyiga chiqib, vaziyatni atroflicha o‘rgandi hamda mutasaddilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida muammo bartaraf etilib, qishloq aholisi ichimlik suvi bilan qayta ta’minlandi.
  Xatirchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning murojaatlariga tezkor hamda samarali yechim topish borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening