Выберите язык

  Tomdi tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tuman Soliq inspeksiyasi rahbariyati bilan O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga a'zolikni kengaytirish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

  Mazkur kelishuv doirasida Soliq inspeksiyasi jamoasi ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari, iste'molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, a'zolikning afzalliklari hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy va maslahat xizmatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

  Shuningdek, ishtirokchilarga iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaldagi qonunchilik, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari yuzasidan tushunchalar berildi.

  Tadbir yakunida Soliq inspeksiyasi jamoasi bilan Federatsiya a'zoligiga qabul qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, kelgusida ham bunday uchrashuv va targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish yuzasidan fikr almashildi. Mazkur hamkorlik iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyat va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening