Выберите язык

Qarshi shahrida sifatsiz tibbiy xizmat bo‘yicha murojaat adolatli yakun topdi 

Ko‘z salomatligi — inson hayotidagi eng qimmatli ne’matlardan biri.  Sifatli tibbiy xizmat olish har bir fuqaroning qonuniy huquqidir.  Ayniqsa, ko‘z jarrohligi kabi murakkab tibbiy amaliyotlar yuqori malaka va mas’uliyat bilan amalga oshirilishi lozim. Ko‘z kasalliklarini davolash va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishda tibbiyot muassasalari belgilangan standartlar hamda kasbiy talablarga qat’iy rioya etishi zarur. 

Har bir bemorga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati, xavfsizligi va samaradorligi ta’minlanishi muhim hisoblanadi. Talablarning buzilishi yoki xizmat natijasidan iste’molchining asosli e’tirozi mavjud bo‘lsa, u o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish huquqiga ega.  Agar ko‘rsatilgan tibbiy xizmat kutilgan natijani bermasa, iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Jarrohlik amaliyotlari yuqori malaka va sifat talab qiladi.  Agar o‘tkazilgan amaliyot kutilgan natijani bermasa, iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilishga haqli.


Ma'lum etilishicha, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro Q.F. otasi uchun Qarshi shahridagi “Okulist Shifo” klinikasisida ko‘zga gavhar qo‘yish amaliyotini o‘tkazdirgan. Jami 10 000 000 so‘m to‘lov qilingan. Biroq amaliyot kutilgan foydani bermagan.

Iste'molchi holatdan norozi bo‘lib, 1091 ishonch telefoni orqali Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Shahar jamiyati xodimlari masalani qonun doirasida o'rganib, klinika rahbari ma'sullari bilan yuzma - yuzma suhbat olib borrlib, fuqaro murojaati asosli ekanligi aniqlandi. Natijada,  isteʼmolchiga 8 000 000 so‘m pul mablag'i qaytarib berildi.

Mazkur murojaat iste’molchilarning qonuniy huquqlari amalda himoya qilinayotganining yana bir yorqin misolidir. 

Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar xizmat sifati uchun mas’ul ekanligini unutmasligi, fuqarolar esa huquqlari buzilgan holatlarda 1091 ishonch telefoni yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilishi tavsiya etiladi. 

Tibbiy xizmatlar sifatli va samarali bo‘lishi shart. Kutilgan natija bo‘lmasa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan to‘xtamang !

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening