Joriy yilning 4-avgust kunida viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan Qoʼshrabot tumani sogʼlikni saqlash boʼlimida amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati ostida kuzatuv-oʼrganish tadbirlarini amalga oshirildi.Oʼrganish vaqtida ishchi guruh aʼzolariga tuman fuqarosi S.Sh tomonidan murojaat qilinib, uning sogʼligi yomonlashganligi sababli doimiy yashash joyida xizmat koʼrsatuvchi oilaviy poliklinika shifokorlariga murojaat qilib, uning homilador ekanligi hamda nomaʼlum sabablarga koʼra qon ketishi muammosi bilan murojaat qilgan. Oʼz navbatida shifokor tomonidan unga zudlik bilan tuman markaziy shifoxonasiga yetib borib davolanishga yotishi lozimligi, u Sh.S shifoxonaga yetib borgunga qadar “D med” elektron tizimi orqali uning kasallik tarixi markazga joʼnatilishi maʼlum qilingan. Bemor 4-avgust ertalab soat 8 da tuman markaziy shifoxonasi ginekologiya boʼlimiga murojaat qilgan va soat 11;00ga qadar oilaviy poliklinikadan “tegishli hujjatlar elektron tizim orqali tashlanmadi”- deb, “qabul boʼlimi” va “ginekologiya” boʼlimi katta hamshirasi tomonidan bemorga nisbatan mutlaqo befarqlik bilan qaralib, qachonik poliklinika hujjatlarni joʼnatsagina tez tibbiy yordam berilishini maʼlum qilishgan. Vaholanki, ayoldan qon ketishi holati ogʼir oqibatlarni yuzaga keltirishi biron bir mutasaddi shifokorni oʼylantirmaganligi, inson hayotidan ham ziyod rasmiy qogʼozbozlik shunchalik ahamiyatlimikan deb oʼylanib qolasan. Shu vaqtda oʼrinli savol tugʼiladi-bemorning sogʼligi yoki hayoti birinchi oʼrinda turadimi yoki boʼlmasa hech bir qiymatga ega boʼlmagan sunʼiy ravishda qaysi bir alloma rahbar tomonidan oʼylab topilgan qogʼozbozlik turadimi.
Holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan tuman sogʼlikni saqlash “ginekologiya” boʼlimi mutasaddilari bilan uchrashilib, bemorga zudlik bilan tez tibbiy yordam koʼrsatilishi yuzasidan savollar qoʼyilgan vaqtda masala ijobiy hal qilinib, bemor Sh.Sga bepul tez tibbiy yordam koʼrsatildi.
Joriy yilning 4-avgust kunida viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan Qoʼshrabot tumani sogʼlikni saqlash boʼlimida amalga oshirilgan jamoatchilik nazorati ostida kuzatuv-oʼrganish tadbirlarini amalga o
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 57
























