Выберите язык

  2026-yil 7-iyul kuni Navoiy viloyati Tomdi tumani Tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.
  O‘rganishlar davomida fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlanganlik holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bemorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti o‘rganilmoqda.
  Shuningdek, tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda iste'molchilar huquqlariga rioya etilishi, aholining fikr-mulohazalari tinglanib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berilmoqda.
 Mazkur jamoatchilik nazorati tadbiri aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening