Выберите язык

⚡️ Mirishkor tumanida 6 200 000 soʻmga xarid qilingan nosoz konditsioner yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

☀️ Yozning jazirama kunlarida konditsioner qulay yashash uchun eng zarur maishiy vositalardan biri hisoblanadi. Shu bois uning sifatli va yaroqli bo‘lishi har bir iste’molchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

📍Qashqadaryo viloyati

📄 Murojaatda koʻrsatilishicha, Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro D. T.  tumanda joylashgan savdo do'kondan 6 200 000 so'm naqd pul evaziga "AVALON" rusumli konditsioner xarid qilgan.

Oradan  hech qancha  vaqt o'tmay turib, konditsioner yaxshi ishlamay yaroqsiz holga kelib qolgan. Isteʼmolchi holatni tushuntirish maqsadida savdo majmuasiga borganida doʻkon xodimlari va rahbari fuqaroni tinglashdan bosh tortgan.

Mazkur voqealikdan koʻngli toʻlmagan isteʼmolchi Mirishkor tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qonun doirasida oʻrganildi. Savdo doʻkoni aybi asosli deb topilib, 6 200 000 soʻm naqd pul evaziga fuqaro sotib olgan konditsioner yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Har bir fuqaro sifatli mahsulot xarid qilishga haqli va agar unga nuqsonli mahsulot sotilgan bo‘lsa, uni yangisiga almashtirib berish yoki pulini qaytarish sotuvchining majburiyatidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening