Выберите язык

    Tomdi tuman “Kerizbuloq” OFY hududida joylashgan 5-sonli DMTTda jamoatchilik monitoringi va o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, muassasa tozaligi, ovqatlanish sifati hamda sanitariya holatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, muassasa xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, unda “Iste’molchi” madaniyatini oshirish, iste’molchilar jamiyatining xizmatlari, fuqarolarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda a’zolik targ‘ibotini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

   Uchrashuv davomida kelgusida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tizimli ravishda davom ettirishga  hamda xodimlarni Federatsiya a'zoligiga jalb qilishga kelishib olindi.

Mazkur uchrashuvda Tomdi tuman MMTB bo‘lim mudiri M. Quljanov, DMTT direktori B. Suysenova, hamshira A. Junisova hamda muassasa xodimlari иштирок etdilar.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening