Выберите язык

    O‘zbekiston MTRK “Mahalla” radiosining “Xabarlar” axborot eshittiruvida Zarafshon shahrida iste’molchi murojaati asosida ijobiy hal etilgan holat haqida ma’lumot berildi.
  Unda qayd etilishicha, fuqaro uy qurilishi uchun pishgan g‘ishtdan foydalanilishi bo‘yicha kelishuv qilgan. Biroq, qurilish jarayonida uy penablokdan qurilgani aniqlanib, iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, iste’molchining huquqlari himoya qilindi hamda fuqaro foydasiga 48 million 500 ming so‘m mablag‘ qaytarilishiga erishildi.
    Eshittirish davomida fuqarolarga iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishda murojaat qilish muhim ekani, har qanday xizmat yoki savdo jarayonida shartnoma va kelishuvlarga e’tiborli bo‘lish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, “Mahalla” radiosi orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi haqida ham ma’lumotlar berildi 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening