Выберите язык

     Karmana tumanida joylashgan 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Yosh iste’molchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalanish, xarid jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’mol madaniyatini shakllantirish hamda firibgarlik holatlarining oldini olish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
    Davra suhbati davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Tadbir ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tkazilib, yoshlarning iste’molchi sifatidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
  Yakunda bunday targ‘ibot tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etish yoshlarning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini yanada oshirishda muhim  ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening