Выберите язык

Qumqo‘rg‘on tumanida iste’molchining suyultirilgan gaz bo‘yicha murojaati ijobiy yakunlandi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish hamda muammolarga amaliy yechim topish borasida Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumani “Achamoyli” mahallasida yashovchi fuqaro Xo‘janova Moxigul 2026-yil 10-sentabr kuni jamiyatga og‘zaki murojaat qilib, xonadonidagi suyultirilgan gaz ballonini uch oydan buyon to‘ldira olmayotgani yuzasidan noroziligini bildirgan.

Murojaat O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasi asosida tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun “Qumqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga yuborildi. Jamiyat tomonidan murojaat yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etilishi so‘raldi.

Masala natijasida “Qumqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi. Rasmiy javobga ko‘ra, Xo‘janova Moxigulning xonadonidagi suyultirilgan gaz balloni 2026-yil 23-sentabr kuni suyultirilgan gaz bilan to‘ldirib berildi. Shundan so‘ng fuqaro tomonidan minnatdorlik sifatida tashakkurnoma ham berilgan

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening