Выберите язык

Angor tumanida fuqaroning sifatsiz mebel bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda aniqlangan muammolarga amaliy yechim topish borasida Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunday murojaatlardan biri Surxondaryo viloyati Termiz tumani M. Eshimtirmov MFY, Kushon ko‘chasida yashovchi fuqaro Abdullayeva Nazokat tomonidan yo‘llangan.

Fuqaro Angor tuman buyum bozori ro‘parasida joylashgan “Toshkent Mebel” do‘konidan 3 300 000 so‘mga mebel xarid qilgan. Xarid qilingan mebel xonadoniga yetkazib berilib, o‘rnatilgach, uning ayrim qismlarida nuqsonlar borligi, mebelning yaroqsiz va sifatsiz holatda ekani ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng iste’molchi mebelni almashtirib berish yoki xarid uchun sarflangan mablag‘ni qaytarishni so‘ragan. Biroq dastlab do‘kon tomonidan mazkur talab bajarilmagan.

Murojaat Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, do‘kon mas’ullariga iste’molchining talabi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Natijada masala ijobiy hal etilib, mebel uchun to‘langan 3 300 000 so‘m mablag‘ iste’molchiga to‘liq qaytarib berildi.

 
 

Mazkur holat iste’molchi tomonidan xarid qilingan mahsulot sifati bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganda, murojaatni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish va iste’molchining talabini o‘rganish muhimligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, jamiyat tomonidan fuqaroning murojaati bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida iste’molchining qonuniy manfaatlari ta’minlandi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir xaridor mahsulot xarid qilayotganda uning sifati va butligini tekshirishi, muammo yuzaga kelgan taqdirda esa o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilishi mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening