Выберите язык

  O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tegishli buyrug‘iga asosan 2026-yil 23-iyun kuni Navoiy viloyati Uchquduq tumanida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar faoliyati tahliliy tarzda jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

  O‘rganishlar davomida mehmonxonalarda iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, narxlar va xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning iste’molchilarga ochiq va tushunarli tarzda taqdim etilishi, shuningdek, iste’molchilar huquqlarining ta’minlanish holatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

  Jamoatchilik nazorati tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad xizmat ko‘rsatish sohasida mavjud holatni tahlil qilish, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilishi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga takliflar kiritilishi rejalashtirilgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish va iste’molchilarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar muntazam davom ettirilmoqda.

 
 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening