Выберите язык

  Konimex tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Guliston MFY, Ayteke Bi ko‘chasi, 25-uyda yashovchi fuqaro Qurbonova Laylo tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro xarid qilgan konditsionerda nuqsonlar mavjudligi, undan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyati bo‘lmayotgani sababli o‘zining iste’molchi sifatidagi huquqlari buzilganini ma’lum qilgan.
  Mazkur murojaat Konimex tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli choralar ko‘rildi.     O‘rganishlar natijasida iste’molchining talabi asosli deb topildi.
Jamiyatning amaliy ko‘magi va olib borgan ishlari natijasida qiymati 4 million so‘m bo‘lgan nosoz konditsioner yangisiga almashtirib berildi hamda iste’molchining xonadoniga o‘rnatib berildi.
Shu tariqa, fuqaro Qurbonova Layloning qonuniy manfaatlari tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening