1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimizda ta’lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi ustoz va murabbiylarning jamiyat taraqqiyotidagi munosib o‘rni yana bir bor e’tirof etilmoqda.
Ustoz — nafaqat yosh avlodga bilim va tarbiya beruvchi, balki insonni mustaqil fikrlashga, o‘z huquq va manfaatlarini anglashga, jamiyat hayotida faol ishtirok etishga o‘rgatuvchi ulug‘ kasb egasidir. Ayniqsa, bugungi kunda yoshlarning huquqiy va iste’mol madaniyatini yuksaltirishda pedagoglarning o‘rni beqiyosdir.
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ta’lim muassasalarida samarali mehnat qilayotgan, iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy bilimlarni targ‘ib etish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida iste’mol madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir qator o‘qituvchi va pedagoglarni “Iste’molchilar huquqi himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur ko‘krak nishoni iste’molchilar harakatini rivojlantirish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sohaga oid qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish, aholining iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’rifiy ishlar hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga munosib hissa qo‘shgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.
“Iste’molchilar huquqi himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan soha xodimlari va pedagoglar ro‘yxati:
Sapaev Bahadir Ahmedjanovich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 13-sonli maktab direktori.
Nishonova Maktuba Telmanovna — Andijon viloyati Andijon tumani 32-umumiymaktab direktor o‘rinbosari.
Elliyev Hamza Quvvatovich — Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi (MMT) boshqarmasi boshlig‘i.
Damanova Shoxida Mars qizi — Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b.
Jalilov Temurbek Ilxomovich — Qashqadaryo viloyati Miriishkor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i.
Axmedova Barnojon Raxmonovna — Namangan viloyati Chust tumanidagi 39-maktab o‘qituvchisi.
Sultanova Dilfuza Komiljanovna — Namangan shahri 22-maktab direktori.
Hayitova Ra’no Zokirovna — Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.
Egamberdiyev Javlon Rabbimovich — Samarqand shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bosh hisobchisi.
Jumanazarov Jamoliddin Mamarasul o‘g‘li — Sirdaryo viloyati Shirin shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i.
Tashpulatov Bekzod Xamitovich — Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.b.
Hamrayev Salohiddin Bozorovich — Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i.
Soliyev Abdumajid Boqiyevich — Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i.
Abdullayeva Nargiza Erkinovna — Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi sho‘ba mutaxassisi.
Bektemirov Xamro Solayevich — Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.
Rustamova Yoqut Bahadirovna — Toshkent shahri Uchtepa tumani 312-maktab direktori.
Ustoz va murabbiylarning ushbu yuksak e’tirofga munosib ko‘rilishi bejiz emas. Chunki ta’lim muassasalarida huquqiy savodxonlikni oshirish, yosh avlodga o‘z huquqlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, mas’uliyatli va ongli iste’molchi bo‘lib shakllanishiga ko‘maklashish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Taqdirlangan pedagoglar o‘z kasbiy faoliyati bilan bir qatorda, yoshlarning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini shakllantirish, ularga qonunlarga hurmat ruhini singdirish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini qaror toptirishga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.
Aytish joizki, ustoz mehnati natijasi bir kun yoki bir yil bilan o‘lchanmaydi. Uning sabog‘i, mehri va tarbiyasi inson hayoti davomida hamroh bo‘ladi. Shu bois, bugungi kunda ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan har bir o‘qituvchi va murabbiyning mehnatini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirish yuksak qadriyatdir.
“Iste’molchilar huquqi himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan ustozlar timsolida biz, avvalo, bilim berish va tarbiyalash bilan birga, jamiyatda huquqiy ong, iste’mol madaniyati va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan fidoyi insonlarni ko‘ramiz.
Barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlariga muvaffaqiyat, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va shogirdlarining yuksak yutuqlaridan bahramand bo‘lish baxtini tilaymiz!
Zero, ustozga berilgan e’tirof — kelajakka berilgan e’tibordir!
























