Выберите язык

 

Boysun tumanida fuqaroning murojaati o‘rganildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berish borasida Boysun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Boysun tumani “Kosiblar” mahallasida yashovchi fuqaro Jo‘raqulov Muhammadali jamiyatga murojaat qilib, tuman At-Termiziy ko‘chasi hududida joylashgan aralash mollar savdo do‘konidan 500 000 so‘mga oyoq kiyimi (poyabzal) xarid qilgani va mahsulot yaroqsiz chiqqanini bildirgan.

Fuqaro xarid qilingan mahsulotni savdo do‘koniga qaytarib olishni so‘ragan, biroq uning murojaati e’tiborsiz qoldirilgani sababli Boysun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat jamiyat tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, iste’molchiga xarid qilingan mahsulotni sifatsizligi sababli almashtirish yoki mahsulot uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish mumkinligi tushuntirildi.

Shuningdek, savdo do‘koni xodimiga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda iste’molchi sifatidagi huquqlari haqida tegishli ma’lumot berildi.

2026-yil 8-sentabr kuni tuzilgan suhbat bayonnomasida fuqaro murojaati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish va berilgan tushuntirishlardan qanoat hosil qilganini bildirgani qayd etilgan.

Mazkur holat iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi, xarid qilingan mahsulotda nuqson yoki sifat bilan bog‘liq kamchilik aniqlangan taqdirda qonuniy talablarini bildira olishi muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularga huquqiy tushuntirish berish va iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening