Boysun tumanida fuqaroning xarid qilingan mahsulot sifati yuzasidan murojaatiga tushuntirish berildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha qonuniy tushuntirishlar berish borasida Boysun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Boysun tumani “Tuzbozor” mahallasida yashovchi fuqaro Toirova Gulchehra 2026-yil 24-sentabr kuni jamiyatga murojaat qilib, Boysun bozori hududida joylashgan qurilish mollari savdo do‘konidan 3 500 000 so‘mga “DEKORT” rusumli mahsulot xarid qilgani va mahsulot sifati qoniqtirmagani sababli uni qaytarib olishni so‘raganini bildirgan.
Murojaat Boysun tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Jumladan, iste’molchiga do‘kondan xarid qilingan mahsulotni sifatiga ko‘ra almashtirish yoki mahsulot uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, do‘kon xodimiga O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun talablari hamda iste’molchining sifat bo‘yicha huquqlari yuzasidan tushuntirish berilgan.
29-sentabr kuni tuzilgan suhbat bayonnomasida fuqaro murojaati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish va berilgan tushuntirishlardan qanoat hosil qilganini bildirgani qayd etilgan.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, iste’molchiga o‘z huquqlaridan foydalanish tartibi bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir iste’molchi xarid qilgan mahsulotining sifati bo‘yicha o‘z huquqlarini bilishi va zarur hollarda qonuniy tartibda murojaat qilishi mumkin.
























