Выберите язык

Inson uchun uy — shunchaki to‘rt devor emas. U — yillar davomida qilingan orzular, mehnat va jamg‘arilgan mablag‘ evaziga quriladigan kelajak. Birоқ uyli bo‘lish orzusi amalga oshmay, aksincha, fuqarolarni sud ostonasiga yetaklasa-chi? Jizzax viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ko‘magida fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida sudga murojaat qilindi. Gap “GROSS DULDING” MCHJ bilan Parkent tumanidagi ko‘p qavatli uy-joy qurilishi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar haqida boradi. Fuqarolar shartnoma asosida mablag‘larini to‘lagan, xonadonlar esa 2026-yil 1-iyun kuniga qadar topshirilishi kerak edi. Ammo belgilangan muddat o‘tganiga qaramay, majburiyatlar bajarilmagan. Sud jarayonida esa xonadonlar joylashishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uylar qurilishi hatto boshlanmagani ham aniqlangan. Natijada, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining 2026-yil 9-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan da’volar qisman qanoatlantirildi. 💰 Eng muhimi — fuqarolar tomonidan to‘langan 1 milliard 71 million 22 ming 425 so‘m mablag‘ni undirish belgilandi! Jumladan: Z.Nematova — 279 143 800 so‘m; F.Hojiyev — 317 779 900 so‘m; X.Nishanov — 195 040 000 so‘m; Z.Ziyashova — 279 058 725 so‘m. Bundan tashqari, sud qarori bilan ayrim da’vogarlar foydasiga davlat boji hamda advokatlik xizmati uchun qilingan xarajatlarni undirish ham belgilandi. Bu raqamlar ortida esa oddiy hisob-kitob emas, insonlarning yillar davomidagi mehnati, jamg‘armasi va uyli bo‘lish orzusi turibdi. Jizzax viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, buzilgan huquqlarni tiklash borasidagi ishlarini izchil davom ettiradi. Huquqingizni bilsangiz — haqqingizni talab qilishdan qo‘rqmang!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening