Выберите язык

Uychi tumanida nosoz elektron imzo qurilmasi yuzasidan murojaat kelib tushdi

Namangan viloyatining Uychi tumanida iste’molchining sifatsiz mahsulot bilan bog‘liq murojaati yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro Namangan shahridagi savdo shoxobchalaridan biridan 650 ming so‘mga elektron imzo saqlash uchun fleshka qurilmasi xarid qilgan. Biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida unda nosozlik mavjudligi aniqlangan.
Aniqlanishicha, xarid qilingan fleshka Davlat xizmatlari markazida elektron imzo kalitini joylash uchun olib borilganda ishlamagan. Shundan so‘ng iste’molchi savdo shoxobchasiga murojaat qilgan. Ammo sotuvchi tomonidan mahsulotni almashtirib berish yoki to‘langan pul mablag‘ini qaytarish masalasida ijobiy yechim taqdim etilmagan.
Mazkur holat yuzasidan murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqish uchun mas’ullarga yuborilgan.


“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening