Выберите язык

Bo‘stonliq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi hamda Toshkent viloyati hududiy birlashmasi raisining tegishli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi uy ta’limida tahsil olayotgan o‘quvchilar holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars mashg‘ulotlarining belgilangan tartib asosida tashkil etilishi, pedagog xodimlarning darslarga qatnovi, hujjatlarning yuritilishi hamda qonun osti hujjatlariga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirilmoqda.

Shuningdek, maktab ma’muriyati, fan o‘qituvchilari va mas’ul mutaxassislar bilan suhbatlar o‘tkazilib, uy ta’limi sifatini yanada yaxshilash, o‘quvchilarning bilim olish huquqlarini to‘liq ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar davom ettirilmoqda hamda aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening