Выберите язык

Toshkent viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasida 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy birlashma rahbariyati, tuman va shahar jamiyatlari raislari, kengash a’zolari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Federatsiya Ustavi ijrosi doirasida 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Amalga oshirilgan ishlar
Hisobot davrida hududiy birlashma va tuman-shahar jamiyatlari tomonidan iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, joyiga chiqib o‘rganishlar hamda monitoring ishlari tizimli ravishda olib borildi.
Savdo nuqtalari, bozorlar va xizmat ko‘rsatish obyektlarida o‘tkazilgan monitoringlar davomida mahsulot sifati, yaroqlilik muddati, narxlarning ochiqligi hamda iste’molchilarga taqdim etilayotgan ma’lumotlar holati o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etish yuzasidan tushuntirish va ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, iste’molchilar huquqlari bo‘yicha aholiga huquqiy tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Monitoring ishlari (amaliy misollar)
1-chorak davomida bir qator hududlarda amaliy monitoring va o‘rganishlar amalga oshirildi:
Bo‘stonliq tumanida go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarda xizmat ko‘rsatish sifati hamda sanitariya holati o‘rganildi.
Qibray tumanida go‘sht va go‘sht mahsulotlari, shuningdek sosiska mahsulotlarining yaroqlilik muddati tekshirildi. Ayrim mahsulotlarda ishlab chiqarilgan sana to‘liq ko‘rsatilmagani aniqlanib, joyida tushuntirish ishlari olib borildi.
Yuqorichirchiq tumanida uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi.
Ohangaron tumanida iste’molchilar huquqlari bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
Murojaatlar bilan ishlash natijalari
2026-yil yanvar–mart oylarida hududiy birlashmaga jami 127 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning asosiy qismi savdo, aloqa va internet xizmatlari, maishiy texnika hamda dori vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Murojaatlar 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni, yozma arizalar hamda Telegram tarmog‘i orqali qabul qilingan.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlar natijasida iste’molchilar foydasiga 93 million so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarilishi ta’minlangan.
Xulosa
Kengash yig‘ilishida iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash, murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirish, monitoring va joyiga chiqib o‘rganish amaliyotini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening