Выберите язык

Hozirgi zamonda internet — bu faqatgina aloqa quroli emas, balki ish va turmushimizning ajralmas qismi.
Biroq, foydalanuvchi sifatida sifatli xizmatdan foydalanish huquqimiz barcha vaqtta ham himoyalana beradimi?

To‘rtko‘l tumanida yuz bergan bir voqea bu savolning kun tartibiga chiqishiga sabab bo‘ldi. S.A. ismli fuqaro internet aloqasining ishlamasligi bo‘yicha "Uztelecom" korxonasiga murojaat qilgan. 14-iyun kuni kabel orqali ishlaydigan Wi-Fi xizmati to‘xtab qolgandan so‘ng, u operatorlar bilan bog‘lanib, masalaning yechimini kutgan.

Biroq, vaqt o‘tsa ham, xizmat tiklanmagan. So‘ng, iste'molchi To‘rtko‘l tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etgan.

Jamiyat tomonidan murojaatni o‘rganish natijasida "Uztelecom" xodimlari Wi-Fi apparatining eskirganligini aytgan, biroq tegishli ta'mirlash yoki almashtirish ishlarini o‘z vaqtida olib bormaganligini aniqlagan.

Jamiyat aralashuvi bilan internet aloqasi to‘liq ishga tushirilib, eskirgan Wi-Fi apparatida tegishli ta'mirlash ishlari olib borildi va masala ijobiy yechim topdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening