Выберите язык

🛑 Vaziyat qachon yaxshilanadi?

Odamlar cho‘ntagidagi oxirgi pullariga muzday suv izlab kelishadi, lekin ularga taklif qilinayotgan narsa nima?

Suratga diqqat bilan qarang!

🦠 Bir kunda u yerdan yuzlab odam suv ichadi. Oldingi odamning og‘zidan qolgan bokal qanday tozalanadi? Shunchaki oddiy suv purkab turgan doirachaga bir bosib olinadi, xolos. Hech qanday dezinfeksiya yo‘q! Shunday ekan, kasallik yuqtirish xavfiga kim kafolat beradi?

Kunining 40 daraja issig‘ida, ochiq havoda, changda turgan plastik idishlar va baqlajonlarning ichida qanchalik infeksiya ko‘payayotganini ko‘z oldingizga keltira olasizmi? Bu yerdan suv ichish — gepatit, ich ketishi va oshqozon-ichak kasalliklarini o‘zingizga sotib olish deganidir.

Eng yomoni — bu jarayon hech qanday rasmiy nazoratsiz amalga oshirilayotgandek. Odamlar issiqdan qiynalib, boshqa iloji bo‘lmaganidan ushbu muzday, biroq zaharli suvlarga intiladi. Sotuvchi yosh yigit esa chanqagan xalqqa oddiy idishlardan tinmay suv quyish bilan ovora.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening