Выберите язык

  2026-yil 12-iyun kuni NKMK Jamg‘armasiga qarashli yotoqxonalarda Navoiy shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Federatsiya a’zoligiga qabul qilish bo‘yicha rejali targ‘ibot tadbirlari boshlandi.
  Tadbir davomida yotoqxonalarda istiqomat qilayotgan fuqarolar va ishchi-xodimlarga Federatsiyaning maqsad va vazifalari, iste'molchilarning qonuniy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
  Shuningdek, ishtirokchilarga Federatsiya a’zoligining afzalliklari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, huquqiy maslahatlar olish imkoniyatlari hamda iste'molchilar huquqlari buzilgan holatlarda ko‘rsatiladigan amaliy yordamlar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida Federatsiya a’zoligiga qiziqish bildirgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni a’zolikka qabul qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Navoiy shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Federatsiya a’zoligini kengaytirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda iste'molchilar manfaatlarini samarali himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening