Выберите язык

   Tomdi tumanida yashovchi fuqaro B.B. Tomdi tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat bilan murojaat qilib, unda sal kam 16 million so‘mga xarid qilgan qo‘l telefoni nosoz holatga kelib qolganidan noroziligini bildirgan.
  Murojaat o‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan xarid qilingan mobil telefonning foydalanish davrida texnik nosozlik yuzaga kelgani aniqlangan. Holat yuzasidan Tomdi tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi tomonidan savdo do‘koni sotuvchisi bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda iste'molchining qonuniy huquqlari yuzasidan tegishli ma'lumotlar berildi.
  O‘tkazilgan tushuntirish va muzokaralar natijasida savdo do‘koni ma'muriyati tomonidan nosoz mobil telefon qaytarib olinib, uning o‘rniga yangi va sifatli mobil telefon berildi.
Shu tariqa, iste'molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning buzilgan huquqlari tiklandi. Tomdi tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste'molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening