Выберите язык

⚡️Qarshi shahrida murojaat ijobiy hal etildi: yaroqsiz qoʻl telefoni sotuvchiga, pul mablagʻi esa isteʼmolchiga qaytarildi 

Hayotimizda hech bir iste’molchi nosoz yoki sifatsiz mahsulotdan, kutilmagan noxush holatlardan butunlay himoyalangan emas. Ba’zan biz xohlamasak ham, turli vaziyatlarda huquqlarimiz buzilishi yoki kamsitilishiga guvoh bo‘lamiz.

📍Qashqadaryo viloyati

Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Raupov Adham shahar markazida joylashgan savdo doʻkonidan "iPhone 15" rusumli qoʻl telefonini 5 800 000 soʻm naqd pul evaziga sotib olgan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, telefon yaroqsiz holga kelib qolgan. 

Fuqaro holatni tushuntirish maqsadida savdo majmuasiga borganida doʻkon rahbari va xodimlari mijozni tinglashni ham istamagan. Boʻlib oʻtgan voqealikdan koʻngli toʻlmagan isteʼmolchi Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni atroflicha muhokama qilib qonun doirasida oʻrganish ishlari olib borildi. Doʻkon rahbari va mijoz bilan yuzma-yuz suhbat olib borilganidan soʻng isteʼmolchi murojaat haq deb topilib yaroqsiz "iphone 15" uchun toʻlangan 5 800 000 soʻm pul miqdori fuqaroga toʻliqligicha qaytarib berildi.

✅ Iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va ulardan foydalanishi lozim. Agar sizning ham huquqlaringiz buzilsa, befarq qolmang – murojaat qilish orqali adolatni tiklash mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening