⚡️Yakkabogʻ tumanida yana bir isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etildi
Kommunal to’lovlar, ularni tizimli va muddatli to’lash madaniyati, texnik xatoliklar tufayli vujudga kelgan qarzdorliklar, ularni so’ndirish bilan bog’liq masalalar xususida qator maqolalar chop etilgan.
📍Qashqadaryo viloyati
Murojaatda qayd etilishicha, Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro O.A "Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish" muassasasida faoliyat yuritib kelgan.
Ammo tuman soliq inspeksiyasi tomonidan hisobot topshirilmagan deb isteʼmolchiga 3 400 000 soʻm miqdorida jarima belgilangan. Holatdan norozi boʻlgan fuqaro Yakkabogʻ tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat qonuniy hujjatlar asosidaligini aniqlash uchun tuman soliq inspeksiyasida kuzatuv oʻtkazildi.
Natijada, "Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish" muassasasi 2022 - yil 31 - oktabr 7 - 104151 - sonli adliya qaroriga asosan, tugatilgan boʻlib, barcha hisobotlar oʻz vaqtida tuman soliq inspeksiyasiga topshirilganligi aniqlandi. Qoʻllanilgan 3 400 000 soʻm pul miqdoridagi jarima bekor qilinib murojaat isteʼmolchi foydasiga hal etildi.
✅ Shuningdek, iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan fuqarolar “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki tegishli tuman jamiyatiga murojaat qilishlari mumkinligi ta’kidlandi.
























