Do‘kondan mahsulot sotib oldingizmi yoki xizmatdan foydalandingizmi — siz qonun bilan himoyalangan iste’molchisiz. Ammo ko‘pchilik o‘z huquqlarini to‘liq bilmagani sababli muammoli vaziyatlarda nima qilishni bilmay qoladi.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, iste’molchi bir qator muhim huquqlarga ega.
🔹 Mahsulot haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot olish
Iste’molchi mahsulot, uning ishlab chiqaruvchisi, tarkibi, xususiyatlari, narxi, yaroqlilik muddati va boshqa muhim ma’lumotlarni olishga haqli.
🔹 Sifatli va xavfsiz mahsulot xarid qilish
Mahsulot yoki xizmat inson hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
🔹 Sifatsiz mahsulot bo‘yicha talab qo‘yish
Agar xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlansa, qonunchilikda belgilangan tartibda sotuvchiga tegishli talablarni qo‘yish mumkin.
🔹 Yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish
Sifatsiz mahsulot yoki xizmat sabab iste’molchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda uning o‘rnini qoplash talab qilinishi mumkin.
🔹 O‘z huquqlarini himoya qilish uchun murojaat qilish
Iste’molchi o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan taqdirda, tegishli tashkilotlarga va qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
📌 Muhim: xarid qilganda chekni, shartnomani, kafolat hujjatini va boshqa tegishli hujjatlarni saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Ular nizoli vaziyatda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Huquqingizni biling — xaridingizni nazorat qiling!
Xarid paytida nimalarni talab qilish mumkin?
- Информация о материале
- Автор: Sirdaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 19
























