Выберите язык

Do‘konda ko‘zingiz tushgan mahsulotni shoshilib savatga solasiz. Uyga borgach esa uning yaroqlilik muddati tugash arafasida ekanini, qadog‘i shikastlanganini yoki umuman kutgan sifatda emasligini bilasiz. Bunday holatlar ko‘pchilikka tanish.

Aslida esa xarid qilishdan oldin atigi uchta jihatni tekshirish ko‘plab muammolarning oldini oladi.

Birinchidan – mahsulot haqidagi ma'lumotlarni o‘qing. Yorliqda ishlab chiqaruvchi, tarkibi, ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti hamda foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Iste'molchi mahsulot haqida to‘liq va ishonchli ma'lumot olish huquqiga ega.

Ikkinchidan – mahsulotning tashqi holatini tekshiring. Qadoq yirtilmaganmi, muhr buzilmaganmi, ezilgan yoki shikastlangan joylari yo‘qmi? Ayniqsa oziq-ovqat, maishiy texnika va dori vositalarini xarid qilayotganda bu juda muhim. Tashqi nuqson keyinchalik mahsulot sifati bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Uchinchidan – to‘lovni tasdiqlovchi hujjatni oling. Chek yoki elektron to‘lov tasdig‘i mahsulotda nuqson aniqlansa, uni almashtirish, qaytarish yoki da'vo bilan murojaat qilishda asosiy hujjat hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, xarid paytida bir necha daqiqa vaqt ajratib ushbu uch jihatni tekshirish nafaqat mablag‘ni, balki vaqt va asabni ham tejaydi.

Unutmang,  xarid – bu faqat sifatli mahsulot tanlash emas, balki o‘z huquqlaringizni himoya qilishning ham eng oddiy yo‘lidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening