Выберите язык

   Bugungi kunda ko‘p qavatli uylardan xonadon sotib olishga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Biroq uy-joy xaridi katta mablag‘ talab qiladigan muhim qaror bo‘lgani sababli, shartnoma imzolashdan oldin bir qator jihatlarga e’tibor qaratish lozim.
📌 QURUVCHI TASHKILOT HAQIDA MA’LUMOT OLING
Avvalo, xonadonni taklif qilayotgan quruvchi tashkilotning huquqiy maqomi, faoliyati, obro‘si va avvalgi loyihalarini o‘rganing. Qurilish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlar mavjudligiga ishonch hosil qiling.
🔹 UY-JOY HUJJATLARINI TEKSHIRING
Xonadonning huquqiy maqomi, kadastr hujjatlari, qurilish va foydalanishga topshirish bilan bog‘liq hujjatlar mavjudligini aniqlang. Hujjatlar bilan tanishmasdan turib oldindan katta miqdorda pul to‘lashga shoshilmang.
⚖️ SHARTNOMANI DIQQAT BILAN O‘QING
Shartnomada xonadonning aniq manzili, maydoni, qavati, narxi, to‘lov tartibi, topshirish muddati va taraflarning huquq hamda majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ayniqsa, quruvchi uy-joyni belgilangan muddatda topshirmagan taqdirda qanday javobgarlik chorasi qo‘llanishiga e’tibor bering.
💰 TO‘LOVLARNI TASDIQLOVCHI HUJJATLARNI SAQLANG
Barcha to‘lovlarni qonuniy va tasdiqlanadigan shaklda amalga oshiring. Shartnoma, kvitansiya, bank to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni saqlab qo‘ying. Naqd pul berishda esa tegishli tasdiqlovchi hujjat olishni unutmang.
🔍 XONADONNING AMALDAGI HOLATINI KO‘RING
Xonadonni qabul qilib olishdan oldin uning maydoni, deraza va eshiklari, elektr, suv, kanalizatsiya, isitish tizimlari hamda boshqa muhim qismlarini tekshiring. Aniqlangan kamchiliklarni dalolatnomada qayd ettirish maqsadga muvofiq.
❗️ MUAMMO YUZAGA KELSA, HUQUQLARINGIZNI BILING
Agar quruvchi yoki sotuvchi shartnoma shartlarini bajarmasa, xonadonni belgilangan muddatda topshirmasa yoki boshqa muammolar yuzaga kelsa, iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilishi mumkin.
☎️ ESDA TUTING:
Xonadon sotib olish — katta mas’uliyat. Hujjatlarni tekshirish, shartnomani diqqat bilan o‘qish va to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga yordam beradi.
🤝 O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashadi.
☎️ Murojaatlar uchun: 1091 qisqa raqami.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening